Қоронғи режим
Image
Logo

EY ILM YO'LIDAGI O'QUVCHI

EY ILM YO'LIDAGI O'QUVCHI

 

Ey ilim yo'lidagi o'quvchi: Siz naqadar baxtlisiz! nimaga, chunki yaratgan Robbimiz "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar barobar bo’lurmi" deb, Alloh ta’oloni o’zi biladiganlar safida qilib qo’ydi. Mana bunday ulug’ ne'mat bilan siz-u bizni aziz qildi.

Ey ilim oshig'i, siz naqadar baxtlisiz, chunki eshitmaganmisiz  "Ulomalar anbiyolarning merosxorlaridur dedi. Ahr bu zotlar ilmni meros qilib qoldirmadilarmi.

Ey ilmga chanqoq o'quvchi : Siz bu ilm yo’lida mashaqqat chekasiz albatta ilm yo’lida ko’p qiyinchiliklarga duch kelasiz, lekin bularning har biri o’ziga xos, o’ziga yarasha shirindir, ilm olishiz yo’lida juda ko’p insonlarning mehnati borligini unutib qo'ymang, ota-ona deb atalmish buyuk zotlar, ular kecha-yu kunduz imkon bo’ldi duo qiladi, yo Robbim farzandimni o’zing panohingda saqlagin, ularni ilm yo’lida olayotgan ilmlariga kuch quvvat ber, ularni ilmlarini manfaatli qil, Ona vatanimizga foydali inson qilgin deb duoyi hayr qiladi, hadisda: –  “3 insonni duosi mustajob, shulardan biri ota-onaning farzandining haqqiga qilgan duosidir”- deganlar.

Ey ilm yo'lidagi o'quvchi: Sizni ortingizda mehnati sinayotgan ulug' zot ustozlarning mehnati turganini unutmang. Ustozlar o’zlariga aziz farzandlaridek sizni qarshi oladi. Aziz muallimlar o’zlari uchun eng yaxshi vaqtlarini ham sizga sarflaydi. Ular sizdan biror narsa umid qilmaydi. Balki siz ustozlardan olgan ilm-u Irfon, go’zal odobni hayotga tadbiq qilib jumlayu jahonga manfaatli insonga aylanishingizni o’zi ustozlar uchun eng yaxshi tortiqdir. Eng katta minnatdorchilikdur.

Ey aziz, ilm yo'lidagi o'quvchi: Agar mobodo ilm yo’lida uylangan bo’lsangiz jufti halol bilan Alloh taolo sizni ancha quvvatlantirganini unutmang. O’qishda charchab, ilm olib uyga kelgan vaqtingizda sizni ko’zlari yonib qarshi olgan, sizni borizcha qabul qilib hali unim, hali bunim kam demasdan taqdiridan minnatdor bo’lib, balki ilm yo’lida - ilm olishizda ko’makchi bo’layotgan jufti halol bilan quvvatlantirayotgan bo’lsa demak siz naqadar baxtlisiz. Bu insonlarning ham xizmati borligini unutmang. Xatto farzand bilan Alloh taolo talabalik chog’idayoq ikrom qilgan bo’lsa, uyga kelganingizda dadam nima olib keldi ekan deb qarshingizga chiqishi tabiiy. Shunda ham hali siz kelishingizdan avval farzandlar otani qanday kutib olishi, Sizni xolatizga mos holatda sizni quchog’izga otilganda, Qo’lingizga emas, mehringizga tashna bo’lib kutib olishni o’rgangan va shunga mo'rg'akgina qalb sohibi bo’lsalarda sizni e'htirom qilayotgan farazandlarni ham mehnati borligini unutmang va albatta jannat yo’li eng oson yo’l ham, talabi ilm qilayotgan insonning yolidir. Ahr "  Kim ilm talab qilib yo’lga chiqsa Alloh unga Jannat sari yo’lni oson qilib qo’yadi dedilar.  Sizga ushbu hushxabar muborak bo’lsin.!

Nuriddin Hamroqulov,
Uchqo’rg’on tumani “Sottiboy halfa” jome
masjidi imom noibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг