Қоронғи режим
Image
Logo

ISLOMDA AYOLNING ILM OLISHI JOIZ BO'LGANIDEK, ISHLASHI HAM JOIZDIR

ISLOMDA AYOLNING ILM OLISHI JOIZ BO'LGANIDEK, ISHLASHI HAM JOIZDIR

Islom ayollarning ishlashiga ruxsat beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarning davrlariga nazar tashlasak, ayollar bir qancha vazifalarda ishlaganlarini ko‘rishimiz mumkin. Chunonchi, ba’zi ayollar erkaklar bilan birga urush maydoniga chiqib, jangda yaralangan askarlarning parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Yana bir qancha ayollar musulmonlarga din ishlarini o‘rgatish va ta’lim berish bilan shug‘ullanganlar. Buning eng yaqqol misoli Sayyida Oisha roziyallohu anhodirlar. Zero, u kishi sahobalarga hadisdan ta’lim berar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilar edilar.

Muqaddas dinimizda ayollarni hech qachon ilm-ma’rifatdan va jamiyat ishlaridan ajralib bir burchakda o‘tirishga majbur qilmaydi.Hozirgi kundagi jamiyatimiz xususan ta’lim maskanlarida ilm maʼrifatli diyonatli, o‘z kasbini puxta egallagan, o‘zi va bolalarning umrlarini zoe qilmaydigan mutaxassislarga muhtojdir. Madrasalarda ta’lim berish ibodat bo‘lganidek oliygoh va kollejlarda ta’lim berish ham, jamiyatni isloh qilish uchun qilingan harakat ham ibodat sanaladi.

Shuning uchun ham Rosululloh sallallohu alayhi vasallam muborak hadislarida :

Ilm olish mo‘min va mo‘minaga farzdir

Ulamolarimiz Biror ayol uchun maqtov keltirmoqchi bo‘lsa, «U o‘qigan, ilmli ayol» der edi. Agar qaysidir ayoldan noroziligini ifodalamoqchi bo‘lsa «Ha, o‘qimagan-da» der edi. Ulug'larimizning nazdidagi o‘lchov – o‘qish edi. 

Nafaqat diniy, dunyoviy bilimlarni o‘rganish ham ayollar uchun joizdir. O‘z ishining ustasi bo‘lgan, til bilgan bilimli ayollar kelajak olimu fuzalolarni tarbiyalay oladi. Allohni tanigan insonlar, millatni qayg‘usida bo‘ladigan vatanparvar olimlar albatta qizlarini o‘qitishga katta e’tibor berishgan.

demak , ilmli ayol boʻlishga buyurgan dinimiz , munosib kasb va hunarlar sohibasi bolishga targ'ib qilibgina qolmay ulkan ajru savob ham vada qilgandir..

Buyuk insonning ortida buyuk ayol turadi deyishadi. Dunyo taniydigan insonlarni katta kashfiyotlarga, ulug‘ ishlarga ilhomlantiradigan, qo‘llaydigan onalari bo‘lganini tarixdan yaxshi bilamiz.

Imom Buxoriy hazratlarining yoshligida ko‘zi ko‘rmay qolganda onasi juda qattiq iztirobga tushadi va yig‘lab-yig‘lab, chin dildan xudoga iltijo qilib, bolasining ko‘zi ochilishini so‘raydi. Uzoq toat-ibodatdan so‘ng tushida Ibrohim alayhissalomni ko‘radi va u kishi «o‘g‘lingning ko‘zi ochiladi» degan xushxabarni yetkazadi. Ona uyqudan turib qarasa o‘g‘li yana ko‘ra boshlaydi. Otasidan erta yetim qolgan Imom Buxoriy hazratlari doimo aqlli, zukko, taqvodor onasi bilan birga bo‘ladi. Hajga ham onasi va akalari bilan birga borib, o‘sha yerda qolib, ilm bilan shug‘ullanadi.

  

Kamoliddin domla Hamraqulov,
Norin tumani "Haqulobod" jome masjidi imom xatibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг