Қоронғи режим
Image
Logo
ISLOM TERRORNI QORALAYDI

ISLOM TERRORNI QORALAYDI

Diniy ekstremizm va terrorizm ma’naviy tahdidlarning bir turi bo‘lib, ular o‘zlari mansub bo‘lgan diniy konfessiya vakillarini radikal harakatlarga chorlovchi, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstitutsion tuzumni ag‘darib tashlashga da’vat etuvchi tajovvuzkor siyosiy faoliyatdir. Diniy ekstremistik tashkilotlar Markaziy Osiyoda mintaqa xalqlari uchun an’anaviy bo‘lgan hanafiy mazhabi va moturudiya aqidasini rad etib, musulmonlarga siyosiylashtirilgan g‘oyalarni singdirishga urinmoqda.

Muqaddas dinimiz har qanday holatda ham ekstremistik va terrorchilik kabi keskin harakatlarni amalga oshirishga ruhsat bermaydi.Shariatimizni talimotiga ko’ra, nohaq qon tukilishi kimning qoni bulishidan qat’i nazar, eng ogir gunoh hisoblanib, uning jazosi ham ogir ekani malum.Islom dinida, hattoki dushman bilan jang qilish asnosida ham insof, adolat va insonparvarlik qoidalariga rioya qilishga buyuriladi. Haddan oshish, tajovuzkorlik va zurovonlik qattiq qoralanadi.

Aqidaparastlik, buzgunchilik bugungi kunda paydo bo’lgan dolzarb masala emas, bu muammoga buyuk allomalar ham ko’p murojaat etib, uning salbiy oqibatlariga huquqiy jihatdan baho berib kelganlar. Jumladan, buyuk ajdodlarimizdan biri bulgan Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniy milodiy 1228 (hijriy 625) yili yozgan “Kitob al-fusul” asarida bogiylar, yani buzgunchi, davlat va jamiyatga qarshi chiqqanlar hususida keng fikr yuritgan.Hozirgi kunda yoshlarni diniy aqidaparastlarning zararli tasirlaridan asrashning eng muhim omillaridan biri – bu yoshlarning «Talim tugrisida»gi Qonunida belgilanganidek, 12 yillik malumotga ega bo’lgan holda biror kasb egasi bo’lishligi yoki oliy uquv yurtlarida tahsil olishidir.

Marifatli insongina erkin fikrlaydi, hech qachon turli bidatlarga va hurofotga berilmaydi. «Fikrga qarshi fikr, goyaga qarshi goya, jaholatga qarshi marifat» deyilgan shiorni dasturulamal qilib olgan holda, talim muassasalari va mahallada aqidaparastlar qullayotgan usullar, qurollarga qarshi demokratik, marifiy, zamonaviy tekhnologiyalar yordamida ish faoliyatni tashkil etishga alohida etibor berib, har qanday tajovuz va terrorchilik khurujlarining oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yuqotish uchun kurashish lozim. Bu kurashdan hech kim chetda qolmasligi kerak.Mazkur holatlarni etiborga olgan holda, hozirgi davrda Islom dunyosining barcha olim va ulamolari hamkorlikda Islom talimotini sof holda asrab-avaylash, uning ahkomlarini buzib kursatishga harakat qilayotgan yovuz kuchlarga qarshi marifiy uslublar bilan kurashishni yanada faollashtirishni zaruriy ishlardan deb hisoblaydilar. Biz ham bu fikrga qushilib, yurtimizdagi tinch, osuda hayotni saqlash har birimiz uchun ham qarz, ham farz deb bilishimiz zarur.

Manbalar asosida tayyyorlandi
Shukrulloh Tuxtabayev,
Namangan tumani “Al Masjidun Nabaviy” jome
masjidi imom-xatibi

Архив

Илтимос, санани танланг!

АУДИОЛАР

Телеграм

Алоқада бўлинг